SEN YETIM EMASSAN (Ulug’ Vatan urushining ota-onasiz qolgan go’daklarga) Sen yetim emassan, Tinchlan, jigarim. Quyoshday mehribon Vataning-onang, Zaminday vazminu Mehnatkash, mushfiq Istagan narsangni tayerlaguvchi Xalq bor- otang bor. Cho’chima, jigarim, O’z uyingdasan, Bu yerda Na g’urbat, na ofat, na g’am. Bunda bor: harorat, muhabbat, shafqat Va mehnat nonini ko’ramiz baham, Sen yetim emassan, Uxla, jigarim. Bu yerda muzlagan Ajdar halqumli Vahshat to’plarining Qahqahasi yo’q. Bu yerda — odamzod shaklida yurgan manfur, yukumli, maraz namoyishi topolmas huquq. Ulug’ jang kunidir, Jangki, beomon, Lashkar degan axir Bexatar bo’lmas, Otang o’lgan bo’lsa, Qayg’urma, qo’zim, Ko’zim usti Minnating boshimga durra. Shu sog’lom havoda Salomat-omon, Xo’rsinmay, erkinlab Ola bera nafas. Ey, ulug’ naslimning Yuragi, joni, Kiprigingga ilinmas Yig’idan zarra. Sen yetim emassan, Uxla, jigari...








Klas
ОтветитьУдалить